ERKAK VA AYOL REPRODUKTIV TIZIMI: GORMONAL BOSHQARUV, MENSTRUAL SIKL VA SPERMATOGENEZ FIZIOLOGIYASI
收藏资源简介:
Inson reproduktiv tizimi nasl qoldirish, gormonal muvozanat va jinsiy faoliyatni ta’minlovchi eng murakkab fiziologik tizimlardan biridir. Mazkur maqolada HPG o‘qi (gipotalamus–gipofiz–gonada) faoliyati, jinsiy gormonlarning biologik roli, ayollarda menstrual sikl mexanizmi, erkaklarda spermatogenez, ereksiya va eyakulatsiya jarayonlarining neyrogumoral boshqaruvi keng yoritiladi. Adabiyotlar tahlili asosida reproduktiv tizimning asosiy jarayonlari jadvallar va tavsifiy ma’lumotlar yordamida tizimli bayon etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, reproduktiv faoliyatning barcha bosqichlari o‘zaro bog‘liq feedback mexanizmlari orqali nazorat qilinadi. Ushbu bilimlar reproduktiv kasalliklarni erta aniqlash, oldini olish va davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.



