INSULIN REZISTENTLIK ASOSIDAGI MIKROBIOTA O'ZGARISHLARIDA MUDDATIDAN OLDINGI TUG'RUQ RIVOJLANISHINI PROGNOZLASH
收藏资源简介:
Muddatidan oldingi tug‘ruq akushеrlik amaliyotida dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib, perinatal kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining oshishi bilan bevosita bog‘liqdir. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar metabolik buzilishlar, xususan insulin rezistentlik holati hamda ichak va vaginal mikrobiota tarkibidagi o‘zgarishlar muddatidan oldingi tug‘ruq rivojlanishida muhim patogenetik omil sifatida namoyon bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Insulin rezistentlik fonida mikrobiota disbalansi yallig‘lanish jarayonlarining faollashuvi, immun javobning buzilishi va platsentar-fetal tizim faoliyatining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Mazkur ishning maqsadi insulin rezistentlik asosidagi mikrobiota o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda muddatidan oldingi tug‘ruq rivojlanishini prognozlash imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida klinik-anamnestik, biokimyoviy, mikrobiologik hamda instrumental tekshiruv usullaridan foydalangan holda yuqori xavf guruhiga mansub homilador ayollarni erta aniqlashga qaratilgan prognoz modeli ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Olingan natijalar muddatidan oldingi tug‘ruqning oldini olish, individual profilaktik yondashuvlarni takomillashtirish va akushеrlik amaliyotida erta tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi mumkin.



