遇见数据集

RAQAMLI BANK XIZMATLARINING RIVOJLANISHI VA PUL MUOMALASIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-01-30 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada raqamli bank xizmatlarining jadal rivojlanishi va uning pul muomalasi tizimiga ko‘rsatayotgan ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonlari bank-moliya sohasida to‘lovlar tezligi, moliyaviy xizmatlar qamrovi va hisob-kitoblar shaffofligini oshirishga xizmat qilayotgani asoslab beriladi. Shuningdek, elektron to‘lov tizimlari, mobil banking va masofaviy bank xizmatlarining keng joriy etilishi natijasida naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushining ortishi pul muomalasi tuzilmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgani yoritiladi. Maqolada raqamli bank xizmatlarining pul muomalasini tartibga solish, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalari moliya tizimini yanada takomillashtirish va raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy xulosalar chiqarish imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务