STRESS VA UNING ORGANIZMGA FIZIOLOGIK TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada stressning inson organizmining turli fiziologik tizimlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri keng qamrovda o‘rganilgan. Mualliflar stressning yurak-qon tomir, asab, gormonal, immun va ovqat hazm qilish tizimlariga bo‘lgan ta’sirini aniqlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqot o‘tkazgan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, zamonaviy hayot sharoitida stress omili ko‘plab kasalliklar, xususan, gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, diabet, depressiya, ichak yallig‘lanish sindromlari va xotira buzilishlariga sabab bo‘layotgani kuzatilmoqda. Tadqiqot davomida tasodifiy tanlangan 25 nafar ishtirokchining stress darajasi Perceived Stress Scale (PSS) va DASS-21 (Depression, Anxiety, Stress Scale) anketalari yordamida baholangan. Shuningdek, yurak urish tezligi, qon bosimi, kortizol darajasi, EKG ko‘rsatkichlari, ovqatlanish odatlari va ich kelish muammolari kabi fiziologik o‘zgarishlar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, shifokorlar va ichki ishlar xodimlarida stress darajasi yuqori bo‘lib, yurak faoliyatida buzilishlar, kortizol gormoni ko‘tarilishi, ichak peristaltikasi buzilishi, ishtahaning o‘zgarishi va uyqu sifatining pasayishi kabi holatlar qayd etilgan. Maqolada Gq-retseptorlarning stressga javoban faollashuvi orqali yuzaga keladigan fiziologik jarayonlarga ham ilmiy asosda izoh berilgan. Stress holatida katexolaminlar va kortizol gormonlari ajralishi qon bosimi oshishi, yurak urishining tezlashuvi, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishi va boshqa simptomlarga olib kelishi aniqlangan.
本文系统探究了压力对人体各生理系统的负面作用。作者团队开展了一项兼具学术与应用价值的科研项目,旨在明确压力对心血管、神经、内分泌、免疫及消化系统的具体影响。本研究的现实意义在于:在现代生活环境中,压力因素已被发现与多种疾病存在明确关联,具体包括高血压、缺血性心脏病、糖尿病、抑郁症、肠易激综合征以及记忆障碍等。 本研究选取25名随机招募的受试者,采用感知压力量表(Perceived Stress Scale, PSS)与抑郁焦虑压力量表21版(Depression, Anxiety, Stress Scale, DASS-21)对其压力水平进行评定。此外,研究团队还对受试者的心率、血压、皮质醇(cortisol)水平、心电图(EKG)指标、饮食习惯及排便障碍等生理变化进行了检测分析。研究结果表明:医护人员与行政办公人员的压力水平显著偏高,且观测到其存在心脏活动异常、皮质醇水平升高、肠道蠕动紊乱、食欲改变及睡眠质量下降等多项异常生理表现。 本文还从科学层面阐释了Gq受体(Gq-receptor)在应激压力下被激活后所触发的一系列生理过程。研究证实,当机体处于应激状态时,儿茶酚胺(catecholamines)与皮质醇的释放会引发血压升高、心率加快、消化系统功能紊乱及其他相关临床症状。



